Ana xolos! Ronaldoning jamoasi o‘yin sotganlikda ayblanmoqda

  • 4 iyun, 2019, 11:32
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldoning jamoasi - "Valyadolid" o‘yin sotishda ayblanmoqda.

Ispan nashrlarining yozishicha klub prezidenti hisoblangan Ronaldoga bu masala yuzasidan hech qanday ayblov yo‘q. Ushbu ishda klubning nomi sir tutilayotgan 7 nafar futbolchisining qo‘li borligi aytilmoqda.

Gap 18 may kuni La Liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi o‘yin haqida ketmoqda. O‘sha o‘yinda agar “ko‘rshapalaklar” g‘alaba qozonishsa, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishar edi, “Valyadolid” uchun esa mag‘lubiyat ham hech narsani o‘zgartirmasdi.

Ushbu kelishilgan o‘yinda ispaniyalik sobiq futbolchilar - Raul Bravo, Karlos Aranda va Borxa Fernandes ishtirok etgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!