Ana xolos! Xorvatiyalik himoyachida koronavirus borligi o‘yin payti ma’lum bo‘ldi

  • 12 noyabr, 2020, 16:00
  • 0
  • Futbol

"Beshiktosh" markaziy himoyachisi Domagoy Vidani noodatiy holatga tushdi.

Jutarnji list nashrining yozishicha, Turkiya – Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi paytida 31 yoshli xorvatiyalik futbolchida koronavirus borligi ma’lum bo‘lgan va u shu paytning o‘zida almashtirilib, darhol karantinga olingan.

Turkiya va Xorvatiya terma jamoalari uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!