Ana xolos: “Yuventus” 11 nafar futbolchi oladigan bo‘lyapti

“Yuventus” klubi xo‘jayinlari chempionlikni qo‘lga kiritish maqsadida tarkibini sezilarli darajada kuchaytiradigan bo‘ldi.

Tuttosport nashrining yozishicha, turinliklar yozgi transferlar vaqtida o‘n bir nafar futbolchiga taklif bilan chiqmoqchi.

Turin superklubi nishonida turganlar orasida “Atalanta” darvozaboni Marko Karnesekki, “Bolonya” himoyachisi Rikkardo Kalafori, “Bvariya” vakili Nussayr Mazraui, “Atalanta” yarim himoyachisi Teun Kupmayners, “Udineze” o‘yinchisi Lazar Samardjich bor.

Bundan tashqari, “Yuventus” xo‘jayinlari “Nitstsa”dan Kefren Tyuram, “Bolonya”dan Lyuis Fergyuson, “Latsio”dan Felipe Anderson va Mattia Zakkani, “Jenoa” hujumchisi Albert Gudmundsson va “Sassuolo” hujumkor futbolchisi Domeniko Berrardini ham transfer qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
24/02/2024 15:49
Ertaga boshqa narsa deb yozishadi Bularning kelishi Chiesaga yoqmayapdi deb