Anchelotti: Chempionlar ligasida hech qachon bunday bo‘lmaydi

Karlo Anchelotti Chempionlar ligasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi. 

Bugun Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi. 

"Odamlar Madrid finalda deb taxmin qila boshladi. Bu meni bezovta qilmaydi. Bundesligada yaxshi o‘yin ko‘rsatmagan jamoa "Arsenal"ga qarshi qanday o‘ynaganini ko‘rdik. Ular Evropaning eng kuchli jamoalaridan birini turnirdan chiqarib yubordi. Chempionlar ligasida tarix juda muhim va bu bizning foydamizga ishlaydi. 

"Real"ning imkoniyatlari kam baholandimi? 

EChLda hech qachon bunday bo‘lmaydi. Sababi, biz nimaga qodir ekanligimizni hamma biladi. Hamma bizni hurmat qilishini his qilamiz", - dedi
"Real" bosh murabbiyi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!