Anchelotti: Murabbiylarning hech narsa qilmaydigan va zarar etkazadigan turlari bor!

Karlo Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Ertaga "Real" Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Myunxen klubi bilan o‘ynaydi. 

- Ertangidek o‘yinda tajribangiz qanchalik asqatadi? 

- Asosiy rol hech qachon murabbiyga tegishli emas. Murabbiylarning ikki turi bor. Hech narsa qilmaydiganlar va ko‘p zarar etkazadiganlar. Men birinchi bo‘lishga harakat qilaman. 

- O‘yin futbolchilarga tegishli. Siz ularga ma’lum strategiya haqida aytib berishingiz, ularni ishontirishingiz mumkin. Biroq hal qiluvchi omil ularning fidoyiligidir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!