Anchelotti "Real" muxlislariga xushxabar aytdi

  • 22 oktabr, 2022, 16:18
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining “Sevilya”ga qarshi bahsiga deyarli yo‘qotishlarsiz kelmoqda. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti OAV vakillari bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Matbuot anjumanida italiyalik mutaxassis darvozabon Tibo Kurtua jarohatini davolagani va maydonga tushishi mumkinligini aytdi. Uchrashuvda qatnashishi so‘roq ostida bo‘lgan yagona futbolchi Dani Sebalos hisoblanadi.

"Real" Madridning "Sevilya"ga qarshi o‘yini 22 oktyabr, shanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuv oldidan madridliklar La Ligada peshqadamlik qilmoqda, mehmonlar esa 12-o‘rindan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!