Anchelotti superdarvozabon transferini blokladi

  • 11 avgust, 2023, 16:06
  • 0
  • Futbol

“Real” asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olib, uzoq muddatga safga chiqqanidan keyin klub mutasaddilari unga o‘rinbosar qidirishga kirishdi.

Birinchi navbatda, e’tibor ishsiz yurgan David de Xeaga qaratildi. Ispaniyalik golkiperning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlangan va u hali o‘ziga yangi ish joyi topmagan edi.

Kutilmaganda, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu transferni bloklab qo‘ydi.

COPE nashrining yozishicha, David de Xeaning keyingi yillarda ko‘rsatgan o‘yini italiyalik murabbiyni qanoatlantirmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar endi “Sevilya” posboni Yassin Bunu transferi bo‘yicha ish boshladi. Ro‘yxatda yana bir necha darvozabon bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!