Anchelotti zo‘r murabbiy ekan...

“Real” o‘z tarixida 36-chempionlikka erishdi. Chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolganida “Qirollik klubi” futbolchilari ta’qibchilari etolmaydigan darajada ilgarilab ketdi.

Jamoani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti bosh murabbiy sifatida 28-unvoniniga sazovor bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki, italiyalik mutaxassis sovrinlarining deyarli teng yarmi, ya’ni 12 tasini “Real” bosh murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Karlo Anchelotti bosh murabbiy sifatida “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ va “Bavariya” bilan milliy chempionat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!