"Andijon" - "So‘g‘diyona" o‘yinini Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev sharhlaydi
Xabaringiz bor, bugun Superligada 6-tur uchrashuvlariga start beriladi. “Andijon” “Bobur arena”da Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. Tabiiyki, Andijonda yana katta futbol bayrami.
Bugungi bellashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Shuningdek, o‘yinga qiziqish juda katta va uning harorati ham nihoyatda baland.
“Andijon” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur qarama-qarshilikni bevosita stadiondan taniqli sharhlovchilar – Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev tandemi birgalikda “Bobur arena”dan sharhlab boradilar.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi bugun soat 18:30 da boshlanadi.
Fikrlar