"Andijon" bugun AGMKni mag‘lub etgan raqibga qarshi maydonga tushadi

  • 8 fevral, 2023, 16:07
  • 0
  • Futbol

“Andijon” Antaliyada navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Rossiyaning yana bir klubi – Ulnovskning “Volga” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bu klub Rossiya birinchi divizionida qatnashadi va ayni paytda musobaqa jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

“Volga” Antaliyadagi yig‘ini mobaynida shu paytga qadar bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishga ulgurdi.  3 fevral kuni “Nijniy Novgorod”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 5 fevralda ikkita o‘yin tashkillashtirildi. Kunning birinchi yarmida “Ximki”ga 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, kechki mahal Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKga qarshi maydonga tushgan “Volga” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

volga

“Volga” jamoasiga ayni damda rossiyalik 55 yoshli Sergey Nikolaevich Jukov bosh murabbiylik qilyapti. Bungacha “Tom”, “Arsenal” (Tula), “Rotor-Volgograd”, “Saturn” singari klublarda ishlagan. O‘tgan yildi “Volga”da faoliyatini boshladi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Bu klubda belaruslik darvozabon Andrey Klimovich, qirg‘izistonlik Aznaur Geryugov va gruziyalik Timur Jikiya legioner sifatida to‘p surishmoqda. Shuningdek, ayni paytda “Volga”ning Antaliyadagi yig‘inida bir qator yangi o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tyapti.

“Andijon” – “Volga” o‘rtasidagi uchrashuv avvaliga mahalliy vaqt bilan 11:30 ga belgilangandi. Ammo keyinchalik boshlanish vaqti 17:30 ga o‘zgardi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Ildar Mamatkazin: "U erga shunchaki bormaymiz"

"Andijon" bosh murabbiyi qur’adan keyin: "Menimcha, Ro‘ziqul Berdiev sezgan bo‘lsa kerak"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!