"Andijon" nazorat o‘yinida 8 ta gol urdi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun “Andijon” Tojikistondagi qishki yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv nihoyatda qiziqarli hamda gollarga boy tarzda o‘tdi va unda jamoamiz yirik 8:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Uchrashuvda tajribali hujumchi Shahboz Erkinov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Islom Mamatkazin, Suhrob Berdiev, Farhod Bekmurotov, Ilhom Abdug‘aniev va Levan Arvaladze ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
15/01/2024 15:01
Андижон бу йилги биринчи галаба Муборак бу'лсин
&
Xabibillo
15/01/2024 21:20
Омад АНДИЖОН. бардавом булсин.
&
Адхамжон Низомов
15/01/2024 17:52
Галабалар бардавом булсин.Олга Андижон.
Abdushukurov Odilbek
15/01/2024 14:57
Xo'jand sharmanda bo'lib ketiptiyu