Andre Onana "Manchester Yunayted"ning g‘alabali seriyasi haqida: "Vahimali hech nima qilmadik!"

"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni Andre Onana jamoasining ketma-ket g‘alabalari haqida gapirib o‘tdi. 

"Yaxshi va yomon damlarda birga bo‘lishimiz kerakligini hamma biladi. Ishlar ijobiy bo‘lmaganda ham biz bir-birimizga yordam berishimiz lozim. Hozir qilayotgan ishimiz quvonarli va shu tarzda davom etishimiz kerak. 

Biz vahimali hech nima qilmadik. Shunchaki g‘alaba uchun maydonga tushyapmiz va har bir bahsni final kabi hisoblamoqdamiz. 

Men g‘alabalardan mamnunman va umid qilamanki, mavsumning qolgan qismini ham shu kabi davom ettira olamiz!", - dedi kamerunlik posbon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!