Andrey Shipilov "Dinamo"da ish boshladi. U endi murabbiy rolida emas

  • 16 yanvar, 2022, 10:15
  • 0
  • Futbol

51 yoshli mutaxassis Andrey Shipilov o‘tgan yilgi chempionatning birinchi turidan keyinoq “Metallurg” klubini tark etgandi. Murabbiy o‘tgan vaqt davomida biror jamoada ko‘rinish bergani yo‘q. Nihoyat, Andrey Sergeevich yangi mavsum oldidan yana faol ish tarziga qaytdi.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, Shipilov endi murabbiy rolida emas, balki sport direktori lavozimida o‘zini sinab ko‘radi. Unga bunday imkoniyatni “Dinamo” klubi taqdim etdi.

shipilov1

Bunga qadar “Paxtakor”da jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy va “Metallurg”da bosh murabbiy sifatida ishlagan Andrey Shipilov endi “Dinamo”da sport direktori sifatida klubni yuksalishi yo‘lida mehnat qiladi.

Yaqinda “Dinamo” jamoasi ukrainalik yarim himoyachi Evgeniy Chumak bilan shartnoma imzolagandi. Ma’lumki, u “Metallurg”da Shipilov qo‘l ostida to‘p surgan. Demak, futbolchini Samarqandga yangi sport direktori taklif qilgan bo‘lsa ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!