Angliya futbolida nimalar bo‘lyapti? “Siti” Gvardiola o‘rniga boshqa murabbiy tanladi

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning kelasi yozda klubdan ketishini e’lon qilgan ko‘p muhokama qilinmoqda.

Angliya Premer-ligasining yana bir qudratli klubi – “Manchester Siti” anchadan beri muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Xosep Gvaridiola o‘rniga boshqa mutaxassis topib qo‘ydi.

The Telegraph nashrining yozishicha, “shaharliklar” ispaniyalik mutaxassis o‘rniga “Tottenxem”ni boshqarayotgan Ange Postekogluni olib kelishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Siti” xo‘jayinlari 58 yoshli avstraliyalik mutaxassisning futbol falsafasi Xosep Gvardiolanikiga yaqin ekaniga e’tibor qaratmoqda.

Agar Pep shartnomasi tugashi bilan jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallash uchun Postekoglu asosiy da’vogar hisoblanadi. Gvadiolaning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!