Angliya yoshlari Evropada tengsiz bo‘ldi

  • 2 iyul, 2022, 14:00
  • 0
  • Futbol

19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Evropa chempionati yakuniga etdi. Finalda Angliya yoshlari Isroil jamoasi bilan kuch sinashdi va qo‘shimcha vaqtlarda urilgan ikki gol evaziga 3:1 hisobida zafar quchdi.

Inglizlar safida gollarga Kallum Doyl, Karney Chukvumeka va Aaron Remzi mualliflik qiladi. Isroilliklarning yagona goli Oskar Gloch nomiga qayd etildi. 

Bu Angliyaning mazkur musobaqadagi 11-chempionligi bo‘ldi. Futbol yurti vakillari ushbu turnir chempionligi borasida Ispaniya bilan tenglashib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!