Angliya Premer-ligasi shon-shuhrat zaliga yana 6 futbolchi kiritildi.

Turnir tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar ro‘yxatiga Serxio Aguero, Vensan Kompani (har ikkisi "Manchester Siti"), Dide Drogba ("Chelsi"), Pol Skoulz ("Manchester Yunayted"), Peter Shmeyxel ("Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Manchester Siti") hamda Ian Rayt ("Arsenal", "Vest Xem") qo‘shilgan.

Shu yilning boshida shon-shuhrat zaliga MYu va "Arsenal" afsonalari Ueyn Runi bilan Patrik Vieyra ham kiritilgan edi.

Hammasi bo‘lib 16 futbolchi APL tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini to‘ldirgan: Terri Anri, Alan Shirer, Erik Kantona, Roy Kin, Frenk Lempard, Dennis Bergkamp, Stiven Jerrard, Devid Bekxem, Ueyn Runi, Patrik Vieyra, Serxio Aguero, Vensan Kompani, Dide Drogba, Pol Skoulz, Peter Shmeyxel va Ian Rayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!