APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi?

Angliya Premer-ligasida ortda qolgan dekabr oyi yakuniga ko‘ra eng yaxshi murabbiy sovrini uchun kurashayotgan nomzodlar e’lon qilindi.

Ro‘yxatga kiritilgan:

Unai Emeri (“Aston Villa”) – 4 ta g‘alaba (shu jumladan “Manchester Siti” va “Arsenal” ustidan), 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat. To‘plar farqi – +3.

Andoni Iraola (“Bornmut”) – 4 ta g‘alaba (shu jumladan o‘z tarixida ilk bor “Manchester Yunayted” ustidan “Old Trafford”da 3:0 hisobida g‘alaba), 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati – +7.

Yurgen Klopp (“Liverpul”) – 4 ta g‘alaba va 2 ta durang. To‘plar nisbati – +6.

Devid Moyes (“Vest Xem”) – 4 ta g‘alaba (shu jumladan “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ustidan), 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati – +3.

Eslatib o‘tamiz, avgust, sentyabr va oktyabr oylarida APLning eng yaxshi murabbiyi Enj Postekoglu (“Tottenxem”) bo‘lgan edi. Noyabr oyida esa ushbu sovrin Erik ten Xagga (“Manchester Yunayted”) nasib etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!