AQSh - O‘zbekiston: Asosiy tarkibda kimlar maydonga tushadi?

  • 7 sentabr, 2023, 13:25
  • 3
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi uzoq parvozdan so‘ng AQShga etib bordi. Endi jamoamiz Toshkent vaqti bilan 10 sentyabr kuni 02:30 da mezbonlar bilan kuch sinashadi. 

Mazkur o‘yin oldidan Amerikadagi nashrlar AQShning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. Unga qo‘shimcha qilib, biz ham termamizning taxminiy tarkibini e’tiboringizga havola etamiz!

AQSh - 4-3-3.

Darvozabon: Mett Tyorner ("Nottingem Forest").

Himoyachilar: Serjino Dest (PSV), Kris Richards ("Kristal Pelas"), Tim Rim ("Fulxem"), Antoni Robinson ("Fulxem").

Yarim himoyachilar: Ueston Makkenni ("Yuventus"), Yunus Musa ("Milan"), Malik Tillman (PSV).

Hujumchilar: Timoti Vea ("Yuventus"), Folarin Balogun ("Monako"), Kristian Pulishich ("Milan").

Bosh murabbiy: Gregg Berxalter. 

 

O‘zbekiston - 3-4-1-2.

Darvozabon: O‘tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Rizespor"), Abdulla Abdullaev (OKMK), Umar Eshmurodov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Aziz G‘aniev ("Shabab Al-Ahli"), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumryuk"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf").

Hujumkor yarim himoyachi: Jamshid Iskanderov ("Navbahor").

Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov (ayni paytda erkin agent), Eldor Shomurodov ("Kalyari").

Bosh murabbiy: Srechko Katanets. 

 

Shohrux Zoirov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jabborov Alisher
07/09/2023 22:56
Tarkibda bitta Jamshid Iskandarov tushmabdi shuning òrniga bòydor baqvat uyinchi tushirish kerak
ХОЛМУРОДОВ АМИР
07/09/2023 19:23
Узбекистон йирик хисобда маглуб булмаса деб хавотирдаман
&
Бахриддин М.З.
07/09/2023 15:30
Элдор қовунчи қовун туширмаса бўлди.