AQSh va Meksikaga qarshi o‘yinlar oldidan yaxshi yangilik bor!

  • 15 avgust, 2023, 18:16
  • 1
  • Futbol

AQSh va Meksikaga qarshi uchrashuvlarga milliy jamoamizni Srechko Katanets boshchiligidagi murabbiylar shtabinining to‘liq tarkibi tayyorlab boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyidagi CAFA turniri davomida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets betobligi tufayli terma jamoa safini tark etib, sog‘lig‘ini tiklash uchun Sloveniyaga yo‘l olgan edi. Hozirda bosh murabbiyimiz o‘zini yaxshi his etmoqda. Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z ishini bajarayotgan yordamchilari safiga kelib qo‘shiladi.

Rejaga muvofiq, sentyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoamiz AQShda yig‘in o‘tkazgan holda mezbon AQSh va Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Mazkur o‘yinlarda jamoamizga va murabbiylar shtabiga Srechko Katanets boshchilik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alsher
16/08/2023 07:45
Assalomu alaykum (sport tv) Aqsh Mex Uzb uyinlarini translatsiya va tvda quyasizlar degan umiddaman butun Uzb ahli birgalikda kutamiz oldindan rahmat