AQShga yirik hisobda yutqazgan O‘zbekiston MTJ endi Meksikani sinovdan o‘tkazadi (foto)

  • 12 sentabr, 2023, 11:47
  • 0
  • Futbol

AQShda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Meksika milliy termasi bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tong sahar 05:00 da start oladi. 

O‘yin 05:00 da Atlanta shahridagi "Mercedes-Benz" stadionida boshlanadi. Uchrashuvni "Sport" telekanali hamda SPORTS.uz ning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "SPORTS.uz Live" kanalida JONLI EFIRDA tomosha qilishingiz mumkin!

Eslatib o‘tamiz, AQSh bilan kechgan dastlabki bahsda vakillarimiz yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

IMG_20230912_114238_203

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!