Argentinada Messi tasviri tushirilgan 10 ming pesolik banknotalar ishlab chiqarilishi mumkin

  • 11 fevral, 2023, 13:38
  • 1
  • Futbol

Argentinada Lionel Messi tasviri tushirilgan banknotalar paydo bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Argentina milliy banki prezidenti Silvina Batakis aytib o‘tdi. Tashkilot o‘tgan haftada mamlakatda 2000 pesolik banknotalarni muomalaga kiritishni ma’qullagan, hozir esa 10 minglik kupyuralarni muomalaga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Batakis inflyatsiya sharoitida yangi banknotlar ishlab chiqarishni zarurat deb atadi.

“Men argentinaliklarning qalbidan joy olgan narsani o‘ynagan bo‘lardim, bu ramziy banknot bo‘ladi. Masalan, Jahon chempionati bilan bog‘liq. Men Lionel Messi surati tushirilgan banknot chiqarishni istardim.

Bu mavzu tahlil qilinayotganini tushunaman, Prezident bugungi intervyusida ushbu mavzuni ochiq qoldirdi. Turli nomzodlar tahlil qilinmoqda. Yosh yigitlar Messi deyishmoqda, lekin Lionel Messi va Diego Maradona tarafdorlari o‘rtasida kuchli tortishuvlar bor”, — dedi Batakis Radio con Vos ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
11/02/2023 15:30
Dunyoni o'ziga qaratgan futbolchi