Arsen Venger JCh-2022 g‘olibligi uchun asosiy 2 ta da’vogar kimligini aytdi

  • 4 dekabr, 2022, 18:17
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger JCh-2022 g‘olibligi uchun qaysi jamoalar favorit ekani haqidagi savolga javob berdi.

Frantsiyalik murabbiyning fikricha, yaxshi qanot yarim himoyachisi va himoyachisi bo‘lgan jamoalar g‘alaba qozonish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Frantsiya va Angliyada shunday futbolchilar bor. Shuning uchun ular chempionlikka asosi da’vogarlardan hisoblanishadi.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi mundialning nimchorak finalida Polshaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Angliya esa ushbu bosqichda Senegalga qarshi o‘ynaydi. Bu uchrashuv ham bugun o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!