Arsen Vengerni JCh-2022 da qaysi terma jamoa hayratga soldi?

  • 5 dekabr, 2022, 10:30
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik mashhur murabbiy Arsen Venger Qatardagi mundialda qaysi terma jamoa uni ko‘proq hayratga solganini aytdi.

"Men uchun Marokash terma jamoasining ko‘rsatayotgan o‘yini kutilmagan voqea bo‘ldi, ularning ispanlar bilan bo‘lajak qarama-qarshiligini ko‘rishni juda xohlayman", - dedi 73 yoshli mutaxassis Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Marokash JCh-2022 da Xorvatiya, Belgiya va Kanada terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Yakunda Afrika qit’asi vakili 7 ochko jamg‘argan holda "F" guruhida 1-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Marokash - Ispaniya uchrashuvi 6 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!