“Arsenal” Villianni millioner qiladi

  • 14 avgust, 2020, 20:10
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” braziliyalik hujumkor futbolchi Villian transferini hal qildi va jamoaning yangi a’zosi uch yil davomida umumiy hisobda 35 million funt ishlab topishi mumkin bo‘ladi.

32 yoshli futbolchining asosiy maoshi “Chelsi”da olgani bilan bir xil bo‘ladi. Lekin turli bonuslar evaziga Villianga haftasiga 220 ming funt to‘lanadi.

Agar Villian shu uch yil davomida londonliklar rahbariyatiga ma’qul keladigan darajada o‘ynasa, shartnoma muddati yana bir yilga uzaytirilib, maoshiga 7-10 million funt atrofida bonus qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!