"Arsenal" yozda tarkibni ancha kuchaytirmoqchi. Ularning navbatdagi nishoni "Chelsi" futbolchisiga qaratilgan

  • 27 aprel, 2020, 13:10
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi vingeri Villian jamoadan ketsa ham Anglida qolishi mumkin. Unga Londonning yana bir klubi "og‘iz solmoqda". Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Braziliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. "To‘pchilar" 31 yoshlik Villianning oyligi hamda shartnoma shartlarini muhokama qilishga tayyorlar.

Shu yili yozda Villianning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadi. Ular shartnomani uzaytirishda kelisha olishmadi.

Qolaversa, "Arsenal" vakillari hujumni kuchaytirish uchun "Barselona"dan Usmon Dembeleni olib kelishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!