"Arsenal"ga qarshi o‘yindan oldin "Liverpul"da jiddiy muammolar paydo bo‘ldi

  • 28 sentabr, 2020, 14:37
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" darvozaboni Alisson va yarim himoyachisi Tyago Alkantara bugun APLning 3-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, ikkala futbolchi ham jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagan. Mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra, Alkantara va Alissonning “kanonirlar”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish yoki etmasligi o‘yin kuni ma’lum bo‘ladi.

"Liverpul" - "Arsenal" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!