Arveladze mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 15 sentabr, 2020, 01:55
  • 9
  • Futbol

Osiyo Chempionlar ligasining 3-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bellashuvdan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" ustozi Shota Arveladze bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi uchrashuv haqida nima deyishga ham hayronman, judayam og‘ir o‘yin bo‘ldi. Hakamlar qarori bo‘yicha, albatta e’tirozlarim bor. Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda o‘yindan tashqari holat bor edi, buni hakamlar ko‘rmadi.

Birinchi bo‘limda biz to‘liq ustunlik qilganimizga qaramay, bo‘lim yakunida yuzaga kelgan jarima zarbasidan gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, biz bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik, bahs qiyin o‘tishini bilgandik va o‘ylashimcha, biz o‘z darajamizni ko‘rsata oldik, ammo so‘nggi daqiqalarda alamli golni qo‘yib yubordik. Keyingi uchrashuvgacha, albatta o‘z xatolarimiz ustida ishlaymiz. Bir qator, yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadik va mana shu ham bizga pand berib qo‘ydi.

Ortiqcha xatolarni ko‘rmadim. O‘zim bilgan kamchiliklar ro‘y berdi. "Al-Hilol"ga qarshi uchrashuv dars berdi, deya olmayman. Biz yomon o‘yin ko‘rsatmadik, ustunlik ham biz tomonda bo‘ldi. Shuning uchun, javob o‘yinida "Al-Hilol"ni bemalol mag‘lub etsa bo‘ladi," - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Pahtakor real
16/09/2020 10:35
Pahtakorga shunchaki tajriba va shansdan foydalanish yetmadi 2-oʻyinda hammasi hal boʻladi
&
Pahtakor real
16/09/2020 10:35
Pahtakorga shunchaki tajriba va shansdan foydalanish yetmadi 2-oʻyinda hammasi hal boʻladi
&
Sash
15/09/2020 10:00
Pfl ni saviyasi past. Gala dalbayoblar ishlayapdi. Raqobat yuq. Pfl da pahtakor uynamasayam yutadi. Shoto bir tinga qimmat murabbiy. 1 ta uyin hech narsani hal qilmaydi diyishlaring mumkin. Lekin Pahtakor mutasaddilari jir bosgan kuzlaringdi kattaroq ochinglar. Uzoqqa borolmaydi bu murabbiy. Ufa ham hamma narsaga kuz yumayapdi bir uzgarish sezilgani yuq. Hullas UZB da futbol greppdan vafot etgan.
&
Насаф
15/09/2020 12:45
Кеча телевизорим бузилиб колди.спорт каналини куйсам кеча 23-00да келинг бир кулишайлик деган курсатув бошланди. Узиям соат 01гача давом этди, охири вообще кулгили булди кулавериб думалаб колидим
НАЙДЁТСЯ ВСЁ!
15/09/2020 10:12
Зато хеч бомаса марожный еб келадику иккита голга кошиб????????????????
&
Sash
15/09/2020 10:04
Ser gey iv halq qarg'ishini olgan. Cheran chumo bulsa. Yana UZB ni zbori da uynarmush.
Расулжон Тоштемиров
15/09/2020 08:05
Пахтакорни потхалинлари жимсизлар бошка жамо булганда уйинчилар состав тренер устидан кулардинг
Расулжон Тоштемиров
15/09/2020 07:48
Шота Узбекистанда киласан эркатойликни содабизда
Javlon Abdullaev
15/09/2020 07:26
hakam togri bowqardi dabbi