Asrimizning eng zo‘r sportchilari ro‘yxati ma’lum qilindi

  • 11 iyun, 2020, 19:29
  • 0
  • Futbol

Jahonga mashhur Marca nashri XXI asrning eng kuchli sportchilari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro‘yxatdan ikki futbolchi joy oldi. Bular, albatta, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi.

Ispaniya nashri 23 karra olimpiyada o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan suzuvchi Maykl Felpsni birinchi o‘ringa joylashtirdi.

"Barselona" hujumchisi ettinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, Turin klubi futbolchisi 10-o‘rinda qayd etildi. Top-10 talikda faqatgina ikkita futbolchi nomini ko‘rish mumkin.

1. Maykl Felps (suzish)

2. Useyn Bolt (engil atletika)

3. Rodjer Federer (tennis)

4. Rafael Nadal (tennis)

5. Kobe Brayant (basketbol)

6. Tayger Vuds (golf)

7. Lionel Messi (futbol)

8. Lyuis Xemilton (avtopoyga)

9. Valentino Rossi (motopoyga)

10. Krishtianu Ronaldu (futbol)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!