"Atletiko" etakchilari safga qaytdi

  • 21 fevral, 2020, 23:23
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" Madrid klubi forvardi Joau Felish jarohatidan sog‘ayib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra tarkibga shuningdek Ektor Errera va Kevin Tripperlar ham qo‘shilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Felish jarohat sabab “Atletiko”ning so‘nggi 4 ta o‘yinini o‘tkazib yubordi. Biroq, u katta ehtimol bilan kelayotgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Felish joriy mavsum La Ligada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!