"Atletiko" etakchisi bugun "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi

  • 30 iyun, 2020, 08:50
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke diskvalifikatsiya sabab La Liganing 33-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “matraschilar” Kokening ortiqcha sariq kartochkasi bo‘yicha Ispaniya futbol federatsiyasiga e’tiroz bildirgan edi, ammo yakunda bu ish bermadi.

“Ko‘k-anor ranglilar”ga qarshi o‘yinni shuningdek Stefan Savich ham o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!