"Atletiko" nihoyat Felishdan voz kechmoqchi, ammo...

Madridning "Atletiko" klubi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. 

"Diario Sport" xabariga ko‘ra, madridliklar nihoyat Joau Felish bilan xayrlashish niyatida. Buning uchun ular "Barselona" futbolchisini talab qilmoqda. 

"Atletiko" 24 yoshli ispaniyalik vingerning o‘yinini yoqtiradi. Biroq futbolchining o‘zi "ko‘k-anorranglilar" safini tark etish niyatida emas. 

Bundan tashqari, "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, agent Xorxe Mendesh "Atletiko"ni Felish va Fatini almashtirishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgani, ammo "matraschilar" bu variantga rozi bo‘lmagani haqida xabar berdi. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!