Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatini ajoyib natija bilan yakunlashdi

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Qit’amizning eng kuchli gimnastikachilari o‘rtasida kechgan bellashuvda terma jamoamiz vakillari munosib ishtirok etishdi.

Qizlarimiz so‘nggi kun dasturida ham o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan hakamlar va muxlislarning e’tibor markazida bo‘lishdi. O‘smirlarimiz xalqada, kattalar esa 3 ta xalqa va 2 ta bulavada o‘tkazilgan guruh mashqida eng yuqori ball bilan oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Taxmina Ikromova tasmada mashq qilish bo‘yicha ham qit’amizda tengsiz ekanligini namoyish etdi. Ayni shu element bo‘yicha o‘tkazilgan guruh bahsida esa terma jamoamiz vakillariga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Shu tariqa, mazkur Osiyo chempionatida gimnastikachi qizlarimiz 8 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Terma jamoamiz ertaga 13:00 da Toshkentga qaytib keladi.

Manba: MOQ matbuot-xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Гапал Эргашев
28/06/2019 18:43
жуда зу'р, к,оил! Булава дегани - ту'к,мок, буни хеч ажабланарли жои йу'к, уз тилимизга эътибор бу'олса зу'а бу'лар эди. Муг'илистондаги спорт гимнастикаси Осиё биринчилиги бу'ича натижалар к,ани?
&
Махаммад махмудов
24/06/2019 17:46
Футболимизда хам шаффофлик булса эди