Bahodir Jalolov jang qiladigan raqib nomi aniq bo‘ldi!

  • 20 iyul, 2023, 22:51
  • 1
  • Boks

Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini 26 avgust kuni AQShning Oklahoma shtati, Talsa shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi.

8 raundlik jangda Jalolovga nigeriyalik Onoriode Ehverieme raqib bo‘ladi. 

Bahodir Jalolov professional boksda 12 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Uning raqibi Ehverieme 22 bor ringga ko‘tarilgan va 20 tasida g‘alaba qozonib, 19 ta nokaut qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
21/07/2023 19:25
Omad!