Bahodir Nasimov “Navbahor”ni nega tark etganini ma’lum qildi

  • 11 iyul, 2019, 18:41
  • 7
  • Futbol

"Navbahor" jamoasining tajribali hujumchisi Bahodir Nasimov kuni kecha “Navbahor” safini tark etdi. Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- “Navbahor” mamlakatimiz va Osiyo futbolida o‘z o‘rniga ega klublardan biri hisoblanadi. Shu sababli, joriy mavsum arafasida namanganliklar tarkibiga yaxshi niyatlar bilan qo‘shilgandim. Ammo jamoa asosan bir hujumchi bilan harakat qilganligi bois, Superliga bahslarida boshlang‘ich tarkibda harakat qilgan rossiyalik futbolchi Aleksandr Kasyanning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdim. Biroq shu yoshimda menga zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish yarashmaydi. Shu sababli, yozgi transfer “darchasi” paytida o‘zimga boshqa jamoa topishga qaror qildim. Ushbu masalada klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi bilan gaplashdim va ular meni to‘g‘ri tushunib, keyingi faoliyatimda omad tilashdi.

Jamoa bu yil o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishib, sovrindorlar qatoridan joy olishi hamda O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lishiga tilakdoshman. “Navbahor”ga 2-davra bahslarida omad yor bo‘lishini tilayman, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абвгд
11/07/2019 18:54
Кейинга жамоангда омад ёр булсин!
&
SKIPPER
11/07/2019 18:50
SENGAXAM KATTAKON RAXMAT GOL UROLMAY KETKANING UCHUN SENDAN KOP NARSANI KUTKAN EDIK MING AFSUS
&
★xodillo★
11/07/2019 18:43
Senga xam omad B.NASIMOV
&
Anasxon
13/07/2019 20:44
Kubok uxladiyu
Исмиямин Шукуров
12/07/2019 08:53
Карорингни хурмат киламиз.
Кейинги ишларингга омад ёр булсин.
&
Holis
11/07/2019 20:40
Borish eng qulay jamoa bu öz shahri jamoasi Dinamo bölsa kerak.CHunki dinamoga borsa zaxirada ham köp qolmaydi.Bu mening shaxsiy fikrim. Qayerga borsa ham tilayman!
&
Navbaxor 3392
11/07/2019 19:00
Ortingdan aziz ibragimov waxzodlani yam olib ketiw kerak