"Barsa" futbolchisi "Yuventus"ga o‘tishga tayyor

  • 28 iyul, 2022, 16:04
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Yuventus"ga qaytishi mumkin.

Yaqinda Turin klubi safiga o‘tgan Pol Pogba jarohat oldi va nafaqat “keksa sinora”ning mavsum boshidagi o‘yinlarini, balki Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Shu munosabat bilan “Yuve” Pyanichni frantsiyalik futbolchiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda, deb xabar beradi “Calciomercato”.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, bosniyalik futbolchi Italiya klubiga qaytishni xohlamoqda. Chunki, Pyanich 2016 yildan 2020 yilgacha “Yuventus” sharafini himoya qilgan va Massimiliano Allegri jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri edi.

O‘tgan mavsumda "Beshiktosh" safida ijara asosida o‘ynagan futbolchi Turkiya chempionati doirasidagi 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!