"Barsa" Kanselu borasida bir qarorga keldi

  • 30 noyabr, 2023, 14:23
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Joau Kanseluni doimiy ravishda sotib olishga qaror qildi. Jurnalist Rojer Torelloning xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati portugaliyalikning so‘nggi o‘yinlaridan hayratda qolgan.

Ayni damda Kanselu ijara asosida "Barselona"da o‘ynamoqda. "Manchester Siti" futbolchini to‘liq sotib olish uchun 25 million evro talab qilmoqda, ammo kataloniyaliklar  Joauning narxini pasaytirish uchun bor kuchini sarflaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona"dagi so‘nggi o‘yinida Kanselu Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Portu"ga qarshi o‘yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!