“Barsa” noyob iste’dod sohibini 80 baravar qimmatiga sotmoqchi

Yozda tarkibini jiddiy tarzda o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Chelsi” qimmatbaho o‘yinchilar o‘rniga yosh iste’dod egalarini olishni ma’qul ko‘rmoqda.

“Aristokratlar” nazariga “Barselona” tarbiyalagan Mikoil Faye tushdi. 19 yoshli markaziy himoyachi hali asosiy jamoa uchun birorta uchrashuv o‘tkazgani yo‘q.

Faye hozircha, “Barselona Atletik” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Lekin uning o‘yin darajasi Angliyaning bir necha klublari skautlari e’tiborini qozondi.

Transfermarkt portalida Mikoil Fayening transfer summasi 5 million evro ekani ko‘rsatilgan. “Barselona” senegallik futbolchini ushlab qolish yoki uning transferidan katta daromad olish maqsadida shartnomada uning badal summasini 400 million evro qilib belgiladi.

Tabiiyki, hali nomi chiqmagan va katta davralarni ko‘rmagan 19 yoshli himoyachi uchun hech kim bu qadar katta mablag‘ to‘lamaydi. Mutaxassislar kataloniyaliklar Fayeni sotishi uchun uning darajasiga mos narx belgilashini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!