"Barsa" prezidenti: "Barselona" - benzinsiz, motorsiz harakatlanayotgan Formula-1 avtomobili"

  • 17 iyun, 2022, 09:51
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning og‘ir moliyaviy ahvoli haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘z navbatida, u jamoani Formula-1 avtomobiliga qiyosladi.

"Biz juda nozik holatdamiz. Bu vaziyatda har qanday inson jamoadan ketgan bo‘lardi. Ammo biz bu erda qolib, ishlashda davom etdik. 

Qarzlarni kamaytirdik, maoshlarni qisqartirishga erishdik, homiylik shartnomalari imzoladik. Shuningdek, "Spotify" kabi global brendlar bilan bitim tuzdik. Hozir stadion va klubga xizmat ko‘rsatadigan inshootlarni ta’mirlash maqsadida mablag‘ olish ustida ish olib bormoqdamiz. 

"Barselona" - benzinsiz, motorsiz harakatlanayotgan Formula-1 avtomobili edi. Biz uni yana olg‘a qadam tashlashi uchun tinmay mehnat qilyapmiz. 

Ba’zi samarali o‘zgarishlar qilish uchun mashinani pit-stopga olib boramiz. So‘ng yana startga chiqamiz va poygada g‘olib bo‘lish uchun oxirigacha kurashamiz", - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!