“Barsa” “Real”ni chempion qildi va rekordchiga aylantirdi

Ispaniya chempionatining 34-turida “Real” chempionlikni rasmiylashtirdi. Madridliklarning navbatdagi sovriniga “Barselona” yordam berib yubordi.

Karlo Anchelotti shogirdlari “Kadis”ni 3:0 hisobida engganidan keyin muddatidan oldin chempionlik “Barselona”ning o‘yini bog‘liq bo‘lib qolgandi. Xavi shogirdlari esa, “Jirona”dan 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, madridliklarning chempionligini tezlantirib yubordi.

Shu tariqa, “Real” o‘z tarixida 36-chempionlikni nishonladi va bu yangi rekord natija hisoblanadi.

Keyingi o‘rindagi “Barselona” Ispaniya chempionatlari tarixida 27 marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Madridning ikkinchi klubi – “Atletiko” shu paytga qadar 11 marotaba La Ligada zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!