“Barsa” yarim himoyachisiga A seriyaning 4 klubi da’vogar

  • 1 avgust, 2022, 13:55
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich tez orada Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Oldinroq jamoa rahbariyati futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgandi. Boisi, “ko‘k-anorranglilar” yozda tarkibini kuchaytirdi va bosniyalik futbolchi asosiy tarkibdan joy olishi so‘roq ostida qolmoqda.

“Fichajes” nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga "Yuventus", "Milan", "Napoli" va "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda.

Pyanich o‘tgan mavsumni "Beshiktosh"da o‘tkazgan. U Turkiya chempionati doirasidagi 26 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali yarim himoyachini 11,5 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!