"Barsa" yozda futbolchilar sotuvidan 100 million ishlab olmoqchi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda futbolchilar sotuvidan 100 million evro ishlab olmoqchi. "Cadena SER" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"  qaysi o‘yinchilar bilan xayrlashishni hal qilgan.

Manbaga ko‘ra, jamoani tark etish uchun asosiy nomzodlar yarim himoyachi Frenki de Yong va vinger Rafinya Dias bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, ayni damda "Brayton"dan ijara asosida o‘ynayotgan Ansu Fati ham ro‘yxatda.

De Yong bilan xayrlashishning yana bir sababi niderlandiyalikning maoshi katta bo‘lib, yiliga 37,5 million evroni tashkil qiladi. 2022 yilning yozida rahbariyat Frenkidan qutulishga urindi, ammo futbolchi ketishdan bosh tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!