"Barsa"da unga joy yo‘q! Ammo "Milan"...

  • 19 iyul, 2022, 20:25
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga qiziqish bildirmoqda.

Football Espana nashrining La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, ayni paytda “Barselona” 32 yoshli bosniyalik futbolchini yangi mavsum rejalariga kiritmayapti. Shu sababli kataloniyaliklar uni uni sotish imkoniyatlarini qidirmoqda.

Xabaringiz bor, Pyanich o‘tgan mavsumni Turkiyaning “Beshiktosh” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi. U istanbulliklar safida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!