“Barsa”ga o‘tmayman!

“Tottenxem” yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelsoga Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

The Independent nashri jurnalisti Migel Dileyni tarqatgan xabarga ko‘ra, Lo Chelso Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Jovanniga hozirgi jamoasidagi faoliyati juda ma’qul kelmoqda. Futbolchining bosh murabbiy Ange Postekoglu bilan munosabati a’lo darajada.

“Barselona” tarkibini tajribali yarim himoyachi bilan kuchaytirish maqsadida qishki transferlar davrida Jovanni Lo Chelsoni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi edi. Endi sport direktori Deku boshqa nomzod topishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!