“Barsa”ning 16 yoshli futbolchisi Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

  • 5 oktabr, 2023, 09:01
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida “Barselona” tarbiyalanuvchisi Lamin Yamal “Portu”ga qarshi o‘tkazilgan safar uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Shu tariqa, bu futbolchi Chempionlar ligasida qatnashgan eng yosh o‘yinchi sifatida musobaqa tarixiga kirdi.

O‘yin kuni Lamin Yamal 16 yoshu 83 kunlik edi.

Bungacha rekord natija Selestin Babayaroga tegishli bo‘lib, 1994 yili qayd etilgan. O‘shanda nigeriyalik legioner “Anderlext” tarkibida Chempionlar ligasida debyut qilganida 16 yoshu 86 kunlik bo‘lgan.

Lamin Yamal “Barselona”ning asosiy tarkibida 2023 yildan beri to‘p tepmoqda. U La Ligada ham eng yosh futbolchi sifatida bir necha rekordlar sohibiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!