"Barselona" yozda erkin agentga aylanadigan yana bir futbolchini ko‘zlamoqda

"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjino "Barselona"ga o‘tishi mumkin.

32 yoshli xavbekning "Arsenal" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Londonliklar haligacha italiyalik bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamadi.

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deko uni jamoaga olib kelmoqchi. Moliyaviy muammolarga duch kelgan Kataloniya klubi erkin agentlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Jorgino APLda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!