"Barselona"ga Villian kerak emas

  • 9 aprel, 2020, 11:43
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Villianni tarkibga qo‘shib olish fikridan qaytdi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirishayotgan edi, ammo, inqiroz davrida Villianning qo‘yayotgan moliyaviy talablari “Barselona”ga ma’qul kelmagan.

Villian joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Unga "Tottenxem"dan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!