"Barselona"ning PSJga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing

Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Barselona" o‘yinida Xavi katta tavakkalga qo‘l urmoqda. Sababi, bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan ayrim futbolchilar sariq kartochka olsa, keyingi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Demak, dastlabki o‘yinda Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Frenki de Yong, Serxio Roberto, Joau Felish, Lamin Yamal va Ferran Torres ogohlantirilsa, kartochkalari ko‘payib ketganligi sababli, keyingi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Ma’lumot uchun, Ispaniya nashrlari Xavi Arauxo, Kristensen, De Yong va Yamalni boshlang‘ich tarkibda kiritishini taxmin qilishmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!