"Bavariya" Manjukichni ortga qaytarmoqchi

  • 10 avgust, 2019, 11:32
  • 1
  • Futbol

"Bavariya" klubi "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. Ayni damda muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan. Aytish kerakki, shartnomaga uni keyinchalik 15 mln evroga sotib olish to‘g‘risidagi band ham kiritilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Manjukich o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich uchun “Bavariya” begona emas. U 2012-2014 yillarda myunxenliklar safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xasan Botirov
15/08/2019 18:35
Tarkibni yoshartirayotga bavariya 30 yoshdan katta lekin yaxshi fudbolchini olishi juda qiziq