"Bavariya" Varanni "ilib ketmoqchi"

  • 27 dekabr, 2023, 23:20
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, Myunxen klubi franiyalik himoyachi uchun kurashda "Real"ni mag‘lub etishga umid qilmoqda. Manbaga ko‘ra, nemis grandi Varan uchun "qizil iblislar"ga deyarli 20 million evro taklif qilmoqchi. Joriy mavsumda Varan barcha turnirlarni hisobga olgan holda 15 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.

30 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 25 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!