"Bavariya" Zidan bilan muzokaralar o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" klubi frantsiyalik afsona Zinedin Zidan bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar Xabi Alonso varianti o‘xshamagach, Zidanni ko‘ndirishga harakat qilishgan. Hozirda mutaxassisning javobi qanday bo‘lishi aniq emas. Ammo oxirgi 3 yil ichida Zinedin "Bavariya"dek grand klubdan taklif olmagan. 

Eslatib o‘tamiz, frantsuz 2021 yil "Real" bilan xayrlashgach, ishsiz bo‘lib yuribdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!